Jahon | 16:47 / 31.08.2017
6178
1 daqiqa o‘qiladi

Mumbayda bino quladi, qurbonlar ko‘p

Foto: aninews.in

Hindistonning Mumbay shahrida uch qavatli bino qulab tushdi. Hodisa oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 15 nafar inson jarohatlandi. Bu haqda ANI xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, vayronalar ostidan 25 kishi chiqarib olingan.

Ayni damda qutqaruv amaliyoti davom etmoqda. 

Joriy yilning iyul oyi oxirlarida Mumbayda uy qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘lgandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid