Jahon | 17:23 / 31.08.2017
6901
1 daqiqa o‘qiladi

Tereza Mey Yaponiya harbiy-dengiz bazasiga bordi. Bundan maqsad nima?

Foto: AP

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Yaponiyaning Yokosukadagi harbiy-dengiz bazasiga bordi.

Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, Mey va Yaponiya mudofaa vaziri Itsunori Onodera «Idzumo» harbiy kemasi bortida uchrashuv o‘tkazishgan.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, bosh vazir Yaponiya milliy xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida ham ishtirok etishni rejalashtirgan.

Mey Yaponiyaga 30 avgust kuni uch kunlik tashrif bilan keldi. U yaponiyalik hamkasbi Sindzo Abe bilan xavfsizlik, savdo va breksit masalalarini muhokama qilish niyatida.

Avvalroq Tereza Mey Xitoyning KXDRga bosimi juda muhim ekanini aytgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid