Jahon | 19:20 / 01.09.2017
4382
2 daqiqa o‘qiladi

Litvadagi maktablarda harbiy tayyorgarlik darslari paydo bo‘ladi

Litva umumta'lim maktablarida yangi o‘quv yili odatdagidan 10 kunga ko‘proqqa cho‘ziladi, harbiy tayyorgarlik darslari paydo bo‘ladi.

"Ta'lim tizimini tarbiyaviy ish va progressiv jamiyatni tashkil qilish sifati yo‘lida katta o‘zgarishlar kutmoqda", - deya ta'kidlab o‘tdi mamlakat prezidenti Dalya Gribauskayte. U maktab o‘quvchilariga nafaqat bilimlarni egallash, balki o‘zlariga do‘stlar topishni ham tilagan. "Maktab davridagi do‘stlar butun umr sizlarga hamrohlik qiladi", - dedi u.

Maktab yilidagi eng asosiy o‘zgarishlardan biri shuki, u odatdagidan 10 kun ko‘proqqa cho‘ziladi. Ta'lim va ilm-fan vaziri Yurgita Petrauskenening bu g‘oyasi hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. "Har ikkinchi kun – nazorat ishi, har kuni kamida uch soat – uy vazifalarini bajarish uchun... Bunday yuklamani o‘quv yilini uzaytirish bilan kamaytirish lozim", - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Litvada birinchi sinf o‘quvchilari uchun 32 va boshqa sinflar uchun 34 haftalik bo‘lgan o‘quv yilining davomiyligi Yevropadagi eng qisqalaridan biridir. Ta'tillar esa – eng uzunlaridan biri. Maktab dasturlarida o‘quv yilining uzaytirilishi hisobga olinmagan, aytilishicha, ular teng hajmda bo‘lib yuboriladi. Yuqori sinf o‘quvchilari uchun joriy yildan boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik darslari kiritilmoqda. "Gap vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Litva xavfsizligiga tahdidlarni aniqlash, vatanni himoya qilish mavzulari bilan tanishi, fuqarolik mudofaasi haqida ketmoqda", - dedi bosh vazir Saulyus Skvernyalis. Darslar dasturi mudofaa vazirligi ishtirokida ishlab chiqildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid