Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy: Tramp Putin bilan bosh konsullikning yopilishini muhokama qilmaydi
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning San-Frantsiskodagi bosh konsulligining yopilishi masalasini muhokama qilmaydi. Bu haqda Amerika ma'muriyatining yuqori lavozimli vakili ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Prezidentda bu qarorni muhokama etish rejalari yo‘q», - dedi u. Vakil Tramp yaqin orada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan qabul qilingan qarorni muhokama etish maqsadida telefon muloqoti o‘tkazish niyatida ekanligi bilan bog‘liq savolga javob qaytargan.
Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, Amerika prezidentiga «uning milliy xavfsizlik bo‘yicha jamoasi tomonidan tayyorlab berilgan variantlar taqdim etilgan, hamda u konsullikning yopilishi bo‘yicha qarorni shaxsan qabul qilgan».
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026