Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madridda zaharli bulut tufayli favqulodda holat e'lon qilinishi mumkin
Ispaniyaning Madrid viloyati tezkor xizmatlari uch aholi punkti fuqarolariga o‘z uylarini zaharli bulut sababli tark etmaslikni tavsiya etishmoqda, deya yozadi El Pais.
«Umanes, Grinyon va Moralexa-de-Enmedio aholisiga o‘z uylarida qolishni maslahat beramiz», - deyiladi Madrid tezkor xizmatlarining Twitter’dagi xabarida.
Ta'kidlanishicha, Fuenlabrad munitsipalitetidagi ishlab chiqarish obektida 40 tonna magniy va alyuminiy yonib ketgan. Favqulodda holat tufayli poligon va yaqin oradagi mehmonxonada bo‘lganlar evakuatsiya qilindi.
Avvalroq Britaniyadagi plyajlardan birida zaharli bulut sababli ko‘plab odamlar jabrlangani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:42 / 26.02.2026
Yanukovichning sobiq maslahatchisi o‘ldirilishi: gumonlanuvchi GFRda ushlandi
09:30 / 19.01.2026
Ispaniyada ikki poyezd to‘qnashuvi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
13:42 / 02.05.2025
"Toshkent-Madrid" yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
14:00 / 21.10.2024