Jahon | 08:00 / 02.09.2017
10791
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Bashar Asad Qurbon hayitni Damashqda kutmadi

Suriya prezidenti Bashar Asad 1 sentabrda mamlakat poytaxti Damashqdan Kalamun viloyatiga jo‘nab ketdi. Asad u yerda Iyd al-Adha – Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan namoz ibodatini ado etdi. 

Livanning Daily Star nashri yozishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Asadning Kara shahri masjidida qo‘l ostidagilar bilan tushgan surati paydo bo‘lgan.

Suriya armiyasi va “Hizbulloh” shialar otryadlari o‘tgan haftada Kalamundan IShID jangarilarini siqib chiqarishgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid