Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin kelajakda dunyoga kim hukmronlik qilishini aytdi
Sun'iy ong sohasida yetakchi bo‘ladigan davlat dunyo ustidan hukmronlikni qo‘lga olishi mumkin. Bunday fikrni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaroslavlda o‘tgan “Kelajakka intilayotgan Rossiya” ochiq darsi davomida bildirdi. Bu haqda RBK nashri xabar bermoqda.
“Sun'iy ong – bu nafaqat Rossiya, balki butun insoniyat kelajagidir. Bu yerda ulkan imkoniyatlar va bugungi kunda bashorat qilinishi qiyin bo‘lgan tahdidlar mavjud. Bu sohada kim yetakchi bo‘la olsa, o‘sha dunyo hukmroni bo‘ladi”, deb aytgan Putin.
Putinning aytishicha, sun'iy ong texnologiyalarini rivojlantirish nafaqat dunyoga yangi imkoniyatlar ochib beradi, balki unga yangi xavflar soladi. Putin sun'iy ongni rivojlantirish sohasida kimdir yakka hukmron bo‘lishini istamasligini tan olgan va Rossiya monopolchi maqomiga da'vogarlik qilmasligiga va'da bergan.
“Agar biz bu sohada yetakchi bo‘lsak, u bilan hozirda atom texnologiyalari, yadro texnologiyalarimizni bo‘lishayotganimizdek bo‘lishamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Putin.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026