Fan-texnika | 13:25 / 03.09.2017
7733
1 daqiqa o‘qiladi

Alfa Romeo rasman Giulia 2018 sedanini taqdim etdi

Italiyaning Alfa Romeo avtomobil kompaniyasi Giulia 2018 sedanining yangilangan versiyasi dizaynini namoyish etdi. Avtomobil kengaytirilgan jihozlar ro‘yxatiga, shuningdek qo‘shimcha versiyalarga ega bo‘ldi. Daily Motor shu haqida xabar berdi

Yangi "Juliya" asosiy varianti va Sport modifikatsiyasida eshik kartalaridagi stereotizimlarning qo‘shimcha dinamikalari bilan jihozlanadi, Ti to‘plamida esa 18 dyuymli xrom disklarga ega bo‘ladi. 

Bundan tashqari, yangilangan Giulia 2018'ning barcha versiyalari sensor displeyli hamda Apple CarPlay va Android Auto interfeyslarini qo‘llab-quvvatlovchi yangi multimedia tizimi bilan jihozlanadi. 

 

Mavzuga oid