Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Brexit hech qachon amalga oshmasligi ham mumkin
Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi (Brexit) asosiy ichki partiyalar o‘rtasidagi tushunmovchiliklar tufayli hech qachon amalga oshmasligi ham mumkin. "Liberal demokratlar" partiyasi yetakchisi Vins Keybl shunday fikr bildirdi, deya ma'lum qiladi Financial Times.
"O‘ylashimcha, Brexit hech qachon amalga oshmasligi ham mumkin", - dedi Vins Keybl va bunday ssenariy rivojini mavjud "asosiy ichki partiyalar o‘rtasidagi tanglik" bilan izohladi.
Bundan avval The Daily Telegraph Buyuk Britaniyada hukmron Konservativ partiyadagi yevrointegratsiya tarafdorlari YeI tarkibidan chiqish doirasida umumevropa qonunchiligining bekor qilinishi to‘g‘risidagi qonun loyihasining qabul qilinishiga to‘sqinlik qilayotgani haqida xabar bergandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, kamida olti konservator-deputat o‘zining siyosiy raqibini qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lib, ular Brexit haqidagi qonun loyihasinining asosiy qismiga qarshi chiqmoqda.
London va Bryussel o‘rtasidagi rasmiy muzokaralar 19 iyun kuni Belgiya poytaxtida boshlandi. Ushbu muzokaralar 2018 yilning noyabriga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan. Kelishuvga ko‘ra, Buyuk Britaniya 2019 yilning mart oyi oxirigacha Yevroittifoqni tark etishi kerak.
Mavzuga oid
21:17 / 22.04.2026
Britaniya tamakini taqiqlaydi va «chekmaydigan avlod» mexanizmini ishga tushiradi
00:33 / 13.04.2026
Britaniya Ho‘rmuz blokadasida qatnashishdan bosh tortdi – OAV
13:30 / 16.03.2026
Yanvarda 1,1 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Buyuk Britaniya tomon yo‘l oldi
13:27 / 14.03.2026