Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Koreya yarimorolidagi voqealardan tashvishda
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Koreyaning yadroviy sinovlariga munosabat bildirdi.
«O‘zbekistonda KXDR 3 sentabr kuni navbatdagi yadro sinovini o‘tkazishi tashvish bilan qabul qilindi. Bu sinov BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasining qo‘pol ravishda buzilishidir», — deyilgan bayonotda.
O‘zbekiston bu sinovni Koreya yarimorolida tinchlik va o‘zaro ishonch munosabatlarini o‘rnatish yo‘lidagi harakatlariga zid deb biladi.
O‘zbekiston tomoni qat'iy ravishda rasmiy Pxenyanni dunyoda va mintaqada tinchlikka raxna solishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilish bo‘yicha dunyo hamjamiyatining fikriga quloq solishga chaqirgan.
«Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli hududga aylantirish tashabbuskori sifatida O‘zbekiston Yadroviy qurolni tarqatmaslik to‘g‘risidagi bitim talablariga qat'iy rioya etish lozim, deb hisoblaydi hamda e'tiborni yadroviy qurolni qo‘llash xavflarni kamaytirish masalalariga qaratadi», — deyilgan TIV bayonotida.
O‘zbekiston Koreya yarimorolida vaziyatni tartibga solish uchun ko‘rilayotgan choralarni qo‘llab-quvvatlashini bildirib, bunga faqatgina siyosiy-diplomatik yo‘l bilan erishilishini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreyaning hisob bo‘yicha oltinchi yadro sinovi 3 sentabr, yakshanba kuni o‘tkazildi. Jahon hamjamiyati bir ovozdan bu sinovlarni qoralab chiqmoqda. Bu yadro sinovidan keyin Xitoy seysmologiya markazi 3 sentabr kuni 6,3 va 4,6 magnitudali ikki zilzilani qayd etdi.
Mavzuga oid
17:56 / 29.12.2025
Shavkat Mirziyoyev yil davomida xorijiy davlatlarga 28 ta tashrifni amalga oshirdi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
20:02 / 05.11.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga yana besh ming askar yubordi
10:18 / 22.10.2025