Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Şimoliy Koreyaning yadroviy sinovlariga munosabat bildirdi.
«Özbekistonda KXDR 3 sentabr kuni navbatdagi yadro sinovini ötkazişi taşviş bilan qabul qilindi. Bu sinov BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyasining qöpol ravişda buzilişidir», — deyilgan bayonotda.
Özbekiston bu sinovni Koreya yarimorolida tinçlik va özaro işonç munosabatlarini örnatiş yölidagi harakatlariga zid deb biladi.
Özbekiston tomoni qat'iy ravişda rasmiy Pxenyanni dunyoda va mintaqada tinçlikka raxna solişi mumkin bölgan harakatlardan tiyiliş böyiça dunyo hamjamiyatining fikriga quloq solişga çaqirgan.
«Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli hududga aylantiriş taşabbuskori sifatida Özbekiston Yadroviy qurolni tarqatmaslik töğrisidagi bitim talablariga qat'iy rioya etiş lozim, deb hisoblaydi hamda e'tiborni yadroviy qurolni qöllaş xavflarni kamaytiriş masalalariga qaratadi», — deyilgan TIV bayonotida.
Özbekiston Koreya yarimorolida vaziyatni tartibga soliş uçun körilayotgan çoralarni qöllab-quvvatlaşini bildirib, bunga faqatgina siyosiy-diplomatik yöl bilan erişilişini qayd etgan.
Eslatib ötamiz, Şimoliy Koreyaning hisob böyiça oltinçi yadro sinovi 3 sentabr, yakşanba kuni ötkazildi. Jahon hamjamiyati bir ovozdan bu sinovlarni qoralab çiqmoqda. Bu yadro sinovidan keyin Xitoy seysmologiya markazi 3 sentabr kuni 6,3 va 4,6 magnitudali ikki zilzilani qayd etdi.











