Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaqin Sharqdagi mojaroda O‘zbekiston fuqarolari jabrlanmadi – TIV
Tashqi ishlar vazirligi bugungi kun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari orasida halok bo‘lganlar yoki jabrlanganlar yo‘qligini ta’kidladi.
Yaqin Sharqdagi mojaroda bugungi kun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari orasida jabrlanganlar yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati 4 mart kuni xabar berdi.
«Bugungi kun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida halok bo‘lganlar yoki jabrlanganlar yo‘q. Vaziyat doimiy nazorat ostida», deyiladi xabarda.
Qayd qilinishicha, prezident topshirig‘iga muvofiq, fuqarolarni Vatanga qaytarish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, doimiy hamda qo‘shimcha reyslar tashkil etilmoqda.
Xabarga ko‘ra, o‘zbekistonliklar asosan evakuatsiya, aviareyslarning bekor qilinishi yoki boshqa sanaga ko‘chirilishi, vaqtinchalik turar joy bilan ta’minlash, mamlakatda qolish muddati uzayishi munosabati bilan moliyaviy qiyinchiliklar bo‘yicha murojaat qilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mintaqadagi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar soni 2 144 tani tashkil etgan.
Elchixonalar va konsullik muassasalari huzurida «tezkor liniya»lar, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligining Call-markazi faoliyat yuritmoqda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning Yaqin Sharq mamlakatlaridagi diplomatik va konsullik muassasalari ijtimoiy-siyosiy va harbiy-siyosiy vaziyatni 24/7 formatda doimiy monitoring qilib bormoqda. Qabul qiluvchi davlatlarning tashqi ishlar idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, fuqarolik muhofazasi xizmatlari hamda aviatsiya ma’muriyatlari bilan doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Mavzuga oid
22:29 / 14.06.2026
Tramp Netanyahuni aqlsizlikda aybladi va Eron bilan kelishuv 2–3 soat ichida imzolanishini aytdi
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026