Jahon | 17:39 / 05.09.2017
13158
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya mudofaa vazirligi KXDR yadro zaryadi kuchini 120 kilotonnaga baholadi

Foto: Reuters

Yaponiya mudofaa vaziri Itsunori Onoderaning ma'lum qilishicha, mahkama KXDR 3 sentabr kuni ertalab sinovdan o‘tkazgan yadro jangovar zaryadi kuchini taxminan aniqlagan. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.

Dastlabki ma'lumotlar yer usti yadro sinovi natijasida 5,8 magnitudali zilzila yuz bergani, zaryad kuchi esa trotil ekvivalentida 70 kilotonnani tashkil etganidan darak bergandi.

«Yadro sinovlarini butunlay taqiqlash bo‘yicha Kelishuv to‘g‘risidagi tashkilot magnituda ko‘rsatkichni qayta ko‘rib chiqib, u 6.0 bo‘lganini aniqladi. Bu ma'lumotlarni e'tiborga olsak, quvvat 120 kilotonnaga teng ekanini tushunish mumkin», - deya ta'kidlab o‘tgan Onodera.

Shu bilan birga, Yaponiya mudofaa vaziri zaryad vodorodli bo‘lganini istisno etmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha bunday taxminni na tasdiqlash, na rad etish mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid