Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ferrari «eng so‘nggi» LaFerrari supergibridini namoyish etdi
Italiyaning Ferrari kompaniyasi LaFerrari supergibridining «eng so‘nggi» nusxasini namoyish qildi. Aperta modifikatsiyasidagi bu avtomobil RM Sotheby’s kim oshdi savdo uyi tomonidan xayriya maqsadida savdoga qo‘yildi. Undan tushgan mablag‘ Save the Children («Bolalarni asrang») tashkiloti va dunyoning turli burchaklarida ta'lim dasturlarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Dastlab Italiya ishlab chiqaruvchisi LaFerrari kupesidan 499 ta va kuzovi ochiq namunasidan yana 209 ta ishlab chiqarishni rejalashtirgan edi. 2016 yilda superkarning besh yuzinchisi ishlab chiqildi. U 7 mln dollar, original giperkar narxidan 5 marta qimmatga kim oshdi savdosida sotildi. Bu pullar dahshatli yer silkinishidan talofat ko‘rgan Italiyaning markaziy tumanlarini tiklash ishlariga taqdim etildi.

Hozirda kompaniya LaFerrari Aperta modelidan 210 dona shlab chiqardi. Mashina uchun 3 mlndan 4 mln yevrogacha foyda ko‘rishni rejalashtirishmoqda.
So‘nggi LaFerrari Aperta yorqin qizil rangga bo‘yalgan. Juft poyga chiziqlari va tomi ochiqligi ham kishi e'tiborini tortadi. Giperkar intereriga alkantara bilan ishlov berilgan va uglerod tolasi elementlari bilan to‘ldirilgan.
LaFerrari Aperta gibrid motori 6.3 l V12 dvigateli va elektromotordan iborat. Ularning jami quvvati 963 ot kuchiga teng. Mashina 3 soniyada «yuz»ga chiqadi.

LaFerrari superkari qo‘yilgan kim oshdi savdosi 9 sentabr kuni Forano poyga trassasida bo‘lib o‘tadi. U Ferrarining 70 yilligiga bag‘ishlangan Leggenda e Passione tadbirida tashkil etiladi.
Mavzuga oid
16:05 / 10.09.2025
2,3 soniyada 100 km tezlikka chiqadi: Ferrari 1050 ot kuchiga ega Testarossa’ni taqdim etdi
14:17 / 25.01.2025
Trampga tegishli bo‘lgan Ferrari 1 mln dollarga auksionga qo‘yildi
15:21 / 14.11.2024
Mixael Shumaxerning so‘nggi Ferrari avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi
16:57 / 03.10.2024