Jamiyat | 08:15 / 05.09.2017
18211
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda fil o‘zi bilan selfi qilmoqchi bo‘lgan kishini yanchib tashladi

Hindistonda fil bilan selfi qilmoqchi bo‘lgan erkak halok bo‘ldi. Bunga yovvoyi hayvonning jahli chiqqani sabab bo‘ldi, deb yozmoqda Daily Mail.

Nashrga ko‘ra, 50 yoshli Ashok Bxarti hayvonga yaqinlashib, u bilan suratga tushmoqchi bo‘lgan. Shu orada fil uni quva boshlagan va yetib olgach, yanchib tashlagan. 

Xabar qilinishicha, Bxarti bu vaqtda alkogolli ichimlik ta'sirida bo‘lgan. U tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga olb ketilayotgan vaqtda olingan jarohatlardan hayotdan ko‘z yumgan. 

Avvalroq, ushbu mamlakatda 15 kishining umrini xazon qilgan fil otib o‘ldirilgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid