Venesuela Yevropaning 4 davlatidan darg‘azab
Venesuela TIV mamlakat ishlariga «aralashgani» sababli Yevropaning to‘rt davlatiga norozilik notasini topshirdi. Bu haqda Venesuela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa ma'lum qildi, deb xabar bermoqda El Universal.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Ispaniya, Buyuk Britaniya, Italiya va Germaniya haqida bormoqda. Arreasaning qo‘shimcha qilishicha, elchilar bilan uchrashuv tezkorlik bilan tashkil etilgan. U to‘rt davlat tomonidan «aralashuvni» doimiy, deb baholagan.
Shuningdek, Venesuela TIV rahbarining xabar qilishicha, Karakas ishlariga aralashish bo‘yicha harakatlar to‘xtashiga umid bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, aks holda ancha jiddiy diplomatik javob qaytariladi.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Venesuela muxolifati bilan uchrashgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
01:28 / 14.10.2024
NASA Yupiter tabiiy yo‘ldoshiga uchiriladigan missiyasini tayyorlamoqda
19:56 / 13.10.2024
Venesuela hukumati jurnalistlarning xorijga chiqish pasportlarini tortib olayotgani ma’lum bo‘ldi
01:19 / 05.10.2024
Buyuk Britaniya karbonat angidridni saqlaydigan maydonchalarni yaratishga salkam 30 mlrd dollar ajratadi
20:36 / 03.10.2024