Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7 oy davomida Qozog‘istondan O‘zbekistonga eksport 38,5 foizga o‘sdi
Joriy yilning 7 oyi yakunlariga ko‘ra Qozog‘istondan O‘zbekistonga eksport hajmi 662 mln dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 38,5 foizga ko‘p, deb xabar bermoqda Kursiv.kz.
10 ta eng ko‘p eksport qilinuvchi mahsulotdan 7 tasi – sanoatga tegishli. Xususan, gaz va neft sektorida gazli uglevodorodlar yetakchilik qilmoqda ($90,1 mln). Bundan tashqari, neft va neft mahsulotlarida ham yirik o‘sish kuzatilgan ($34,2 mln).
Tog‘-metallurgiya mahsulotlari orasidagi asosiy eksport pozitsiyalari – temir va po‘latdan yarim tayyor mahsulotlar ($79,3 mln), temir va qoplamasiz po‘lat prokati ($20,6).
Eksportdagi yana uch pozitsiya – agrosanoat majmuasi tovarlari. Biroq, bu sohada ikki muhim pozitsiyada eksport faolligi tushib ketgani qayd etilgan: bug‘doy va meslin ($102,4 mln) hamda un ($56,1 mln).
2017 yilning 1-choragida Qozog‘istonga o‘zbekistonlik sarmoyadorlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar yalpi oqimi 4,4 mln dollarni tashkil etdi.
Mavzuga oid
10:41 / 16.01.2026
O‘zbekiston olmasi eksportida asosiy ulush ikki davlat hissasiga to‘g‘ri keldi
12:34 / 15.01.2026
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Iroqqa eksport qilinadi
14:00 / 05.01.2026
Suriyaga o‘zbek mahsulotlarini eksport qilish boshlanadi
11:30 / 05.01.2026