Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qanday soliq to‘lovchilar halol soliq to‘lovchilar deb topiladi?
Soliq kodeksining 22-, 54- va 354-moddalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni o‘z ichiga olgan qonun loyihasi QHTBT portalida e'lon qilindi, deb yozadi Norma.uz.
Eslatib o‘tamiz, kelasi yilning 1 yanvaridan boshlab vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga to‘qnash kelgan halol soliq to‘lovchilar – xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga soliq ta'tillari berish mexanizmi joriy etiladi.
Kimlar halol soliq to‘lovchilar hisoblanadi?
Loyihaga ko‘ra oxirgi 2 yil mobaynida (yangi tashkil etilganlar – soliq majburiyatlari vujudga kelgan paytdan) soliq qonunchiligiga muvofiq soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajargan va uni buzganlik uchun javobgarlikka tortilmagan soliq to‘lovchilar halol soliq to‘lovchilar hisoblanadi.
Soliq ta'tillari degani nima?
SK 54-moddasiga soliq ta'tillari tushunchasi va uni berish mexanizmi kiritilmoqda. Bu hisoblab yoziladigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini, shuningdek soliq qarzi summasini bir vaqtda yoki bosqichma-bosqich (to‘lov muddatini kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘lash bilan to‘lovni ancha keyinroqqa ko‘chirishdir.
Ular vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga to‘qnash kelgan halol soliq to‘lovchilarga vakolatli organ tomonidan tegishli qaror qabul qilingan paytdan boshlab soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashni 24 oygacha bo‘lgan muddatga ko‘chirish ko‘rinishida taqdim etiladi.
Kichik biznesga YaST bo‘yicha to‘lov muddatini kechiktirish taqdim etiladi
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan tashqari YaST to‘lovchilarga, shuningdek lotereyalar tashkilotchilariga ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab 1 yilgacha muddatga YaST to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish taklif etildi. Bu holatda kechiktirilgan summalar imtiyozli davr tugagandan keyin 12 oy mobaynida teng ulushlar bilan to‘lanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan to‘lov muddatini kechiktirishni taqdim etish tartibini Moliya vazirligi, DSQ va Iqtisodiyot vazirligi belgilaydi.
Soliq ta'tillari, soliq qarzini to‘lash muddatini kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash hisoblab yoziladigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasi, shuningdek soliq qarzi summasining hammasiga yoki uning bir qismiga nisbatan taqdim etilishi mumkin.
Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
13:37 / 02.06.2026
Kimyo sanoatida 2,8 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
20:39 / 11.04.2026
Xonandalar to‘lagan soliqlar keskin kamaygani ma’lum bo‘ldi
07:33 / 21.02.2026
Kelajak shakli: Xitoyda 2026 yilda bitadigan 12 yirik loyiha
14:04 / 20.02.2026