Fan-texnika | 15:56 / 07.09.2017
8073
2 daqiqa o‘qiladi

Toyota Camry gibrid sedanining "xayrlashuv" versiyasi namoyish qilindi

Foto: Daily-Motor

Yaponiyaning Toyota avtomobillari ishlab chiqaruvchisi Camry gibrid sedanining "xayrlashuv" versiyasini namoyish qildi. Yangi sedan Commemorative Edition nomini oldi. Avstraliyadagi Toyota avtomobillarini yig‘uvchi zavod joriy yilning oktabr oyida yopiladi. "Versiya" axborot agentligi shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi. 

Toyota Camry Commemorative Edition'ning "xayrlashuv" varianti cheklangan, ya'ni 54 nusxada ishlab chiqariladi. Kompaniyada ma'lum qilinishicha, aynan 54 raqamining tanlanishi bejiz emas - bu Altondagi 54 yil faoliyat yuritgan korxonaning yoshi. 

Sedanlar kumushrang kuzov, qora rangli tomga ega bo‘ldi. Radiator panjarasi va yukxona eshigida Toyota brendi emblemasi ko‘k tus oldi. Toyota Camry maxsus Commemorative Edition versiyasi adaptiv kruiz-nazorat, favqulodda avtomatik tormozlash tizimi, tachskrin va navigatorli multimedia majmui, smartfon uchun simsiz zaryad tizimi va boshqa optsiyalar bilan ta'minlangan.

Foto: Daily-Motor

Modelning "xayrlashuv" modifikatsiyasi narxi 41 150 Avstraliya dollarini tashkil qiladi. 

Mavzuga oid