Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT myanmalik qochqinlarga yordam berish maqsadida 7 mln dollar ajratadi
BMT rahbariyati Myanma qochqinlariga yordam berish maqsadida tashkilotning favqulodda vaziyatlarga sarflash uchun Markaziy jamg‘armadan (CERF) 7 mln dollar mablag‘ ajratishga qaror qildi.
Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mark Loukok ma'lum qildi.
«CERF — bu odamlarga qayerda va qachon zarur bo‘lishidan qat'inazar odamlarga yordam berishning eng tezkor usulidir», — degan u.
Loukok so‘zlariga ko‘ra, jamg‘arma qo‘shimcha boshpanalar va oziq-ovqat yetkazib beradi, shuningdek, og‘ir holatdagi kishilarga tibbiy yordam ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, myanmalik qochqinlarning xavfsizligini kafolatlash va ularga gumanitar yordamlarning uzluksiz yetkazilishini ta'minlashga chaqirdi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026