Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng katta o‘zbek palovini tayyorlash jarayonidan fotoreportaj
Bugun, 8 sentabr kuni "O’ZBEGIM" Milliy qadriyatlar festivali doirasida dunyoda eng katta osh tayyorlandi va rekord o‘rnatildi. Palovning og‘irligi 7 tonna-yu 360 kgni tashkil etdi.
Palovni tayyorlash uchun rekord miqdordagi masalliqlardan foydalanildi. Xususan, 1 500 kg mol go‘shti, 400 kg qo‘y go‘shti, 220 kg dumba va eng asosiysi, 1 900 kg guruch. Ulkan qozonga 2 700 kg sabzi, 220 kg piyoz, 440 litr o‘simlik yog‘i, 57 kg tuz ham solinadi. Bularning barchasiga 100 kg no‘xat, 190 kg mayiz, 5 kg zira, 2 kg yanchilgan qalampir, 1 kg zarchava va 350 litr suv qo‘shilib, ta'mi rostlandi.
Taom diametri 4,2 metr, hajmi 8000 litr bo‘lgan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida maxsus quyilgan qozonda pishirildi. Qozonning umumiy og‘irligi 7070 kgni, chuqurligi 1 metrni tashkil etdi. Qozon o‘chog‘i esa deyarli 3 tonna bo‘ldi.
Rekordni qayd etish uchun Guinness World Records vakillari: hakam — Richard Stenning (Richard Stenning), tasvirchi — Oliver Greyndjyer (Oliver Granger), boshlovchi, xalqa aylantirish bo‘yicha dunyoning sakkiz karra rekordchisi Marava Vomp (Marawa Wamp) O‘zbekistonga kelishdi. Ularga 4 nafar guvoh hamda DSENning ikki nafar inspektorlari yordam berishdi.
Dunyodagi eng katta palovni tayyorlash jarayonini "KUN.UZ" muxbiri ham bevosita kuzatib bordi. Oshni tayyorlash vaqtida muxrlangan fotosuratlarni tomosha qiling.
















Mavzuga oid
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
18:02 / 12.03.2026