Jahon | 15:01 / 08.09.2017
8035
2 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoqda «harbiy Shengen» paydo bo‘lishi mumkin

Foto: Sputnik Litva

Litva mudofaa vaziri Raymundas Karoblis Yevroittifoqqa a'zo davlatlar mudofaa vazirlari bilan uchrashuv davomida «harbiy Shengen» tashkil etish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda mamlakat harbiy mahkamasi matbuot xizmatidan xabar berishgan.

«Litva YeI davlatlarining mudofaa sohasidagi qalin hamkorligini olqishlaydi. Doimiy hamkorlik Yevropa Ittifoqida mudofaaga xarajatlarni oshirish va Yevropada haqiqiy mudofaa kuchlarini yaratishga xizmat qilishi kerak», - deya ma'lum qildi vazir.

Uning ta'kidlashicha, Litva «shengen loyihasi»ni ishlab chiqishni taklif etayapti.

«Biz Benilyuks davlatlari, Finlyandiya va Estoniya bilan birga PESCO doirasida harbiy shengen loyihasini ishlab chiqishni taklif etmoqdamiz, u Yevropada qo‘shinlar harakatlanishini yengillashtiradi. Bu o‘z ichiga infratuzilmaga sarmoyalarni soddalashtirishni qamrab oladi. Bu loyiha ko‘plab mamlakatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, uning amalga oshirilishi YeI va NATO uchun muhimdir», - dedi Karoblis.

Avvalroq Litvadagi maktablarda harbiy tayyorgarlik darslari paydo bo‘lishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid