Bu haqda Bloomberg agentligi öz manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 2025 yilda Yevroittifoq Rossiyaning Urals neft turiga nisbatan dinamik narx çegarasi mexanizmini joriy etgan. Unga köra, har olti oyda narx limiti bozordagi örtaça narxdan 15 foiz past darajada avtomatik tarzda belgilanadi.
Hozirda mazkur çegara bir barrel uçun 44,1 dollar etib belgilangan. Uni qayta körib çiqiş yoz oxiriga rejalaştirilgan. Yevropa kompaniyalariga belgilangan limitdan yuqori narxda sotilayotgan neft uçun suğurta va transport xizmatlarini körsatiş taqiqlangan.
Bloomberg ma’lumotlariga köra, iyul oyidagi rejalaştirilgan qayta körib çiqiş natijasida limit kamida 65 dollargaça kötarilişi mumkin edi. Bu esa “Katta yettilik” (G7) mamlakatlari avval kelişib olgan 60 dollarlik çegaradan ham yuqori hisoblanadi.
Manbalarning aytişiça, Bryussel hozirda uçta asosiy variantni muhokama qilmoqda: amaldagi 44,1 dollarlik çegarani saqlab qoliş, yil oxirigaça avtomatik oşiriş mexanizmini muzlatib qöyiş yoki har qanday oşirişni 60 dollardan yuqori bölmagan darajada çeklaş.
Kutilişiça, mazkur çoralar Yevroittifoqning iyun oyi boşida taqdim etilişi rejalaştirilgan 21-sanksiyalar paketi tarkibiga kiritiladi.
Yangi paket doirasida Rossiyaga qarşi çeklovlarni çetlab ötişda yordam berayotgan uçinçi davlatlardagi banklar, neft treyderlari, neftni qayta işlaş korxonalari va kriptovaluta operatorlariga nisbatan ham sanksiyalar joriy etilişi mumkin.
Şuningdek, Rossiyaning “soya floti”ga mansub deb hisoblanayotgan taxminan 20 ta tankerga qarşi ham çeklovlar kiritilişi rejalaştirilmoqda. Keyinçalik bu çoralar suyultirilgan tabiiy gaz taşuvçi kemalarga ham tatbiq qilinişi mumkin.
Neft narxlari esa AQŞ va Eron örtasida amalda bölib turgan öt oçişni töxtatiş rejimiga qaramay ösişda davom etmoqda.
26 may kuni iyul oyida yetkazib beriladigan Brent nefti fyuçerslari 3,3 foizga qimmatlaşib, bir barrel uçun 99,33 dollarga yetdi. Şu bilan birga, WTI nefti fyuçerslari 92,79 dollar darajasida savdo qilindi.
Narxlarning ösişiga AQŞ prezidenti Donald Trampning Eron bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, yangi hujumlar bölişi mumkinligi haqidagi bayonoti ham ta’sir körsatgan.













