Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA Dele Allini jazolashi mumkin
FIFA «Tottenhem» va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Dele Alli ustidan ish qo‘zg‘adi.
Angliya terma jamoasining Slovakiyaga qarshi uchrashuvida Alli o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgan holda, odobsiz harakat qilgandi. Translyatsiya chog‘ida, bu harakat uchrashuv hakamiga qaratilgan, deb taxmin qilinishi mumkin edi. Gap shundagi o‘sha paytda hakam Martin Shkrtelning unga ishlatgan qo‘polligini e'tiborsiz qoldirgandi.
Ammo o‘yindan keyin Alli bu harakatni hakamga emas, do‘sti Kayl Uokerga hazil tariqasida ko‘rsatganini aytdi. Terma jamoa murabbiyi Garet Sautgeyt va «Tottenhem» ustozi Maurisio Pochettino futbolchining bu oddiy harakatiga jiddiy e'tibor qaratmaslik kerakligini ta'kidlashdi.
Ammo BBC nashrining yozishicha, FIFA ish yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab bo‘lgan. Futbolchi sentabr oyi oxirlarida jazolanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi jahon chempionati saralash o‘yinlarini yana ikki turdan so‘ng yakunlaydi. 5 oktabr kuni Sloveniya, 8 oktabr kuni esa Litvaga qarshi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
18:02 / 01.05.2026
Infantino jonli efirda Isroil va Falastinni yarashtirishga urindi
18:38 / 29.04.2026
FIFA JCh-2026 ishtirokchilariga to‘lanadigan mukofotlarni oshirdi
21:43 / 31.03.2026
FIFA ofsaydni aniqlash qoidalariga o‘zgartirish kiritdi
09:45 / 20.03.2026