Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar organi xodimi pora olayotganda ushlandi
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ichki ishlar organi xodimi pora olayotganda ushlandi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati prokuraturasi.
Zangiota tumanidagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan mahkuma Sh.X. viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlariga ariza bilan murojaat qilib, mazkur muassasa xodimi undan jazoni o‘tash davomida yengil shart-sharoitlar yaratish evaziga pora talab qilayotganligini bildirgan.
Ariza asosida o‘tkazilgan tezkor-tergov tadbir davomida Toshkent viloyati IIB JIEBga qarashli 14-sonli jazoni ijro etish koloniyasi xodimi M.I. ariza muallifining qizi Z.I.dan 1 mln. so‘m va 200 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtda ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan M.I.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:03 / 06.03.2026
“OAVda boshqacha aylanib ketgani uchun jarayon to‘xtab qolgan” – qurilishda korrupsiya haqida gapirgan tadbirkor ustidan IIVga yozilgani haqida
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
20:03 / 03.03.2026
Toshkent shahrida IIBBning ikki tezkor xodimi qo‘lga olindi
12:22 / 03.03.2026