Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: «Irma» «Harvi»dan ham xavfliroq
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp sohilni qo‘riqlash xizmati xodimlariga amerikaliklarni Texas va Luiziana shtatlariga yopirilgan «Harvi» dovulidan qutqarganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi, biroq «Irma» yanada xavfliroq bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
«Irma» dovuli juda katta hajmga yetdi. Xavfsiz joylarda qoling hamda agarda buning imkoni bo‘lsa, uning yo‘lida turmang. Federal hukumat tayyor holatda turibdi», - deya yozdi Tramp Twitter’da.
Uning ta'kidlashicha, AQSh sohilni qo‘riqlash xizmati xodimlari «Harvi»dan 15 mingdan ortiq insonni qutqarishgan.
«Irma» yanada kuchliroq bo‘lishi mumkin. Biz o‘zimizning sohilni qo‘riqlash xizmatimizni yaxshi ko‘ramiz!» - deya ta'kidlab o‘tdi Amerika yetakchisi.
Avvalroq AQSh sobiq prezidentlari dovullardan jabrlanganlarga yordam jamg‘armasini tashkil etishgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020