Sport | 21:36 / 09.09.2017
9893
3 daqiqa o‘qiladi

APL. London jamoalariga atalgan tur

Angliya premer-ligasining 4-turidan o‘rin olgan yana beshta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

«Lester» mehmoni bo‘lgan «Chelsi» 2:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Londonning yana ikki jamoasi «Arsenal» va «Tottenhem» mos ravishda «Bornmut» va «Everton» darvozasiga javobsiz uchtadan gol kiritishdi. «Tottenhem» g‘alabani Liverpuldagi uchrashuvda qo‘lga kiritgani e'tiborga molik.

Angliya premer-ligasi, 4-tur

Lester – Chelsi 1:2 (0:1)

Gollar: Vardi (62, penalti) – Morata (41), Kante (50).
Lester: Shmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Maguayr, Marez, Ndidi, Djyeyms (Ixeanacho, 78), Olbrayton (King, 46), Slimani (Grey, 46), Vardi.
Chelsi: Kurtua, Aspilikueta, David Luiz, Ryudiger, Mozes (Dzappakosta, 74), Pedro (Villian, 63), Bakayoko, Fabregas (Azar, 78), Kante, Alonso, Morata.
Ogohlantirish: Ndidi (84).

Everton – Tottenhem 0:3 (0:2)

Gollar: Keyn (28, 46), Eriksen (42).
Everton: Pikford, Uilyams, Martina, Beyns, Kin, Shnayderlin, Sigurdsson, Guyye (Vlashich, 80), Klassen (Devis, 46), Runi, Sandro Ramires (Kelvert-Lyuin, 46).
Tottenhem: Loris, Alderveyreld, Sanches, Devis, Vertongen, Alli, Sissoko (Uinks, 78), Eriksen (Dembele, 71), Dayyer, Tripper, Keyn (Son Xin Min, 85).
Ogohlantirishlar: Uilyams (5), Alderveyreld (13), Guyye (57), Runi (88).

Arsenal – Bornmut 3:0 (2:0)

Gollar: Uelbek (6, 50), Lyakazett (27).
Arsenal: Chex, Koselni, Monreal, Kolashinats, Mustafi, Chaka, Remzi (Koklen, 67), O‘zil, Belerin, Uelbek (Sanches, 75), Lyakazett (Jiru, 75).
Bornmut: Begovich, Ake, Mingz (Frensis, 46), Deniels, Kuk, Gosling, Freyzer (Ayb, 38), King, Arter, Smit, Defo (Musse, 71).
Ogohlantirish: Frensis (76).

Sauthempton – Uotford 0:2 (0:1)

Gollar: Dukure (38), Yanmaat (66).
Sauthempton: Forster, Xudt, Stivens, Soaresh, Bertran, Uord-Prouz (Tadich, 46), Romeu, Bufal (Ostin, 71), Redmond, Devis, Gabbyadini (Long, 69).
Uotford: Gomes, Kabasele, Xolebas, Kabul (Mariappa, 61), Femeniya (Yanmaat, 62), Dukure, Kleverli, Risharlison, Chaloba, Karrilo, Grey (Dini, 84).

Brayton – Vest Bromvich 3:1 (1:0)

Gollar: Gross (45, 48), Xemed (63) – Morrison (77).
Brayton: Rayan, Dank, Zuttner, Saltor (Rosenor, 62), Daffi, Stivens, Propper, Gross, Knokert, March, Xemed (Myurrey, 83).
Vest Bromvich: Foster, Evans, Douson, Nom, Hegazi (Gibbs, 57), Fillips, Berri, Livermor (Morrison, 71), Krixovyak, Rodriges, Rondon (Berk, 57).
Ogohlantirishlar: March (88), Myurrey (90).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid