Jamiyat | 13:00 / 09.09.2017
6702
1 daqiqa o‘qiladi

Ikki tanishning janjali birining og‘ir tan jarohati olishi bilan tugadi

Foto: KUN.UZ

Parkent tumanida, 10 avgust kuni soat 16.30 larda, Parkent shahrida yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan B.X. uyi oldida o‘zaro janjallashib tanishi, 1987 yilda tug‘ilgan Z.N.ni qo‘li bilan urib, unga tan jaroxati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi tan jaroxati olib shifoxonaga murojaat qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.

Tibbiyot muassasasi xulosasiga ko‘ra Z.N.ning olgan jaroxati hayoti uchun xavfli bo‘lgan “og‘ir” tan jaroxati toifasiga kirishligi aniqlanib, ushbu holat yuzasidan B.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormokda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid