Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyadagi vokzalda to‘rt kishi otib ketildi
Fransiya shimolida noma'lum kimsalar to‘rt kishi, shu jumladan ikki bolaga qarata o‘q uzishdi. Le Parisien shu haqida xabar berdi.
Voqea Uaz departamentidagi temir yo‘l stansiyasida ro‘y berdi. Halok bo‘lganlar - o‘sha hududda yashovchi ayol hamda uning 3 va 5 yoshli ikki farzandi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, to‘rtinchi qurbon - oilaning do‘sti.
Hozirga qadar olingan ma'lumotlarga ko‘ra, hujum qilganlar ikki kishi bo‘lgan. Bir kishi qotillikdan keyin o‘z joniga qasd qilgan, boshqasi esa qochib qolgan, unga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.
Voqea ro‘y bergan joy o‘rab olingan. Stantsiya hududi uzra vertolyot parvoz qilmoqda, perimetr bo‘ylab qurollangan jandarmlar harakatlanmoqda.
Mavzuga oid
08:59
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026