Tramp “Irma” dovuli yaqinlashayotgani munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazdi
“Irma” dovuli Florida shtatiga yaqinlashayotgani sababli AQSh davlat kotibi Reks Tillerson, Pentagon rahbari Jyeyms Mettis va AQShning boshqa muhim idoralari rahbarlari AQSh prezidenti Donald Tramp tomondan favqulodda yig‘ilishga chaqirtirildilar.
Tramp tvitterdagi sahifasida hukumat a'zolari bilan yig‘ilishi videoyozuvini joylashtirgan. Yig‘ilishda tabiiy ofatga tayyorgarlik va unga javob berish choralari muhokama qilingan.
Tramp yig‘ilishda dovulni vayronkor deb atab, qurbonlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha ishni qilishga chaqirgan.
“Bu dovul vayronkor kuchdadir, shuning uchun barchani yo‘riqnomaga amal qilishga chaqiraman, mol-mulkni tiklash mumkin, hayotni esa yo‘q. Shu sababli xavfsizlik masalalari birinchi navbatda hal qilinishi lozim”, deb aytgan Tramp.
Ma'lum qilinishicha, “Irma” Kuba hududidan ketib, Florida tomon yo‘nalmoqda. Dovul 10 sentabr ertalab shtat sohillariga yetib boradi. Bu vaqtda shamolning maksimal tezligi 205 km/soatga, o‘rtachasi esa 190 km/soatga yetishi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
20:53 / 11.10.2024
“Orlando va u yerdagi o‘zbeklar “Milton” to‘fonidan jabr ko‘rmadi” - Sohib Abbosxon
12:05 / 11.10.2024
«Milton» to‘foni: 16 qurbon, Floridani suv bosdi, 3 mln uy elektrsiz qoldi
08:48 / 11.10.2024
Floridadagi to‘fon bir milliondan ortiq uyni energiyasiz qoldirdi
21:48 / 10.10.2024