Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hillari Klinton prezident bo‘lishiga to‘sqinlik qilgan xatosini ma'lum qildi
Foto: CBS news
AQShning sobiq davlat kotibi va sobiq prezidentlikka nomzod Hillari Klinton 2016 yilgi prezidentlik saylovida g‘alaba qozonishga imkon bermagan asosiy xatosini ma'lum qildi. Uning fikricha, ish yozishmalarini shaxsiy elektron pochta orqali amalga oshirgani uning eng jiddiy xatosidir.
"O‘ylashimcha, men yo‘l qo‘ygan xatolarning eng asosiysi shaxsiy elektron pochtadan foydalanish bo‘ldi", — degan Klinton CBS telekanaliga bergan intervyuda. U Donald Trampga mag‘lubiyatini izohlar ekan, shunday fikrlarni bildirgan.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, u buning uchun javobgar emas. "Men bu haqda avval ham aytganman, yana takrorlayman, javobgarlik mening zimmamda emas. U shunchalik salbiy ohangda yetkazildiki, men undan qutila olmadim, u esa to‘xtamadi", — degan sobiq davlat kotibi.
Hillari Klinton 2009-2013 yillarda davlat kotibi bo‘lganida ishga doir yozishmalarini xususiy serverlar orqali amalga oshirgan. Uni ma'lumotlarni oshkor qilishda hamda aynan uning aybi bilan davlat sirlari oshkor bo‘lganida ayblashgan edi.
Mavzuga oid
08:46
Trampga FIFAning yangi tinchlik mukofoti topshirildi
14:35 / 05.12.2025
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40 / 05.12.2025
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00 / 05.12.2025