AQŞning sobiq davlat kotibi va sobiq prezidentlikka nomzod Hillari Klinton 2016 yilgi prezidentlik saylovida ğalaba qozonişga imkon bermagan asosiy xatosini ma'lum qildi. Uning fikriça, iş yozişmalarini şaxsiy elektron poçta orqali amalga oşirgani uning eng jiddiy xatosidir.
"Öylaşimça, men yöl qöygan xatolarning eng asosiysi şaxsiy elektron poçtadan foydalaniş böldi", — degan Klinton CBS telekanaliga bergan intervyuda. U Donald Trampga mağlubiyatini izohlar ekan, şunday fikrlarni bildirgan.
Şu bilan birga, uning ta'kidlaşiça, u buning uçun javobgar emas. "Men bu haqda avval ham aytganman, yana takrorlayman, javobgarlik mening zimmamda emas. U şunçalik salbiy ohangda yetkazildiki, men undan qutila olmadim, u esa töxtamadi", — degan sobiq davlat kotibi.
Hillari Klinton 2009-2013 yillarda davlat kotibi bölganida işga doir yozişmalarini xususiy serverlar orqali amalga oşirgan. Uni ma'lumotlarni oşkor qilişda hamda aynan uning aybi bilan davlat sirlari oşkor bölganida ayblaşgan edi.








