Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klinton AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini boshqa qo‘ymaydi
AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Hillari Klintonning ma'lum qilishicha, prezidentlik lavozimi uchun o‘z nomzodini boshqa ilgari surish niyatida emas.
"Men nomzodni ilgari surishga nuqta qo‘ydim, biroq siyosatni tark etayotganim yo‘q, sababi o‘rtada mamlakatimiz kelajagi turganiga ishonaman", - deya ma'lum qildi u CBS telekanaliga bergan intervyusida. Xabar qilinishicha, Klinton siyosiy faoliyatining faol qismi yakunlandi.
Sobiq davlat kotibining intervyuda ta'kidlashicha, saylovlardagi mag‘lubiyatni hamon og‘riqli qabul qilmoqda. U prezidentlik poygasi bo‘yicha o‘z qarashlarini “Nima ro‘y berdi” (What Happened) nomli kitobida bayonot etgan, u 12 sentabr kuni sotuvga chiqishi kerak.
Avvalroq Hillari Klinton prezident bo‘lishiga to‘sqinlik qilgan xatosini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026