Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliqchilar uchun 195 ta xizmat uy-joyi quriladi
Vazirlar Mahkamasining 28.08.2017 yildagi 677-son qarori bilan 2017-2021 yillarda davlat soliq xizmati organlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Unda hududiy soliq organlarining 11 ta ma'muriy binosini rekonstruksiya qilish (yilda 2 tadan), 68 ta ma'muriy binoni mukammal ta'mirlash (har yili 13 ta obektdan), shuningdek hududiy DSB rahbarlari uchun 13 ta xizmat uy-joylari va tuman (shahar) DSI uchun 182 ta uy qurish nazarda tutilgan.
Moddiy-texnik ta'minotni mustahkamlash doirasida formali kiyim-bosh tikish (12131 shtat birligiga), mebellar va xizmat avtotransportini sotib olish, shuningdek muqobil energiya manbalarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Dasturning qator chora-tadbirlari soliq organlari tizimida AKTni rivojlantirishga qaratilgan.
Dasturni ro‘yobga chiqarish uchun 275 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘ zarur, ulardan 7,9 mlrd. so‘mi Davlat byudjyeti mablag‘lari, qolgan summa esa DSQning maxsus byudjyetdan tashqari mablag‘lari.
Shuningdek, hujjat bilan DSQ to‘g‘risida va davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi yangilangan nizomlar tasdiqlandi.
Mavzuga oid
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
12:54 / 14.03.2026