O‘zbekiston | 12:00 / 11.09.2017
6780
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zmetkombinat» 157 ming tonna metallurgiya xom ashyosini import qiladi

Foto: Norma.uz

Vazirlar Mahkamasining 25.08.2017 yildagi 671-son “Respublikaning qora metallar prokatiga bo‘lgan qo‘shimcha ehtiyojini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

«O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ o‘z mablag‘lari hisobiga 2017 yil uchun qora metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va iste'mol qilishning tasdiqlangan  balansi doirasida keyinchalik qora metallar prokati ishlab chiqarish hamda sotish uchun mamlakatga 157 ming tonna metallurgiya xom ashyosini import qiladi (TIF TN 2619, 7203, 7204, 7207).

Ko‘rsatilgan xom ashyo hajmi bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im mustasno). 

Agar keyinchalik xom ashyo belgilangan maqsadda ishlatilmasa, imtiyoz bo‘yicha to‘lanmagan bojxona to‘lovlari summasi moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgan holda Davlat byudjyetiga undiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid