Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyaning yana bir nufuzli universiteti bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda
Foto: The Student Room
2017 yilning 11 sentabr kuni Tashqi ishlar vazirligida mamlakatga tashrif buyurgan Lester Universitetining prorektori Sara Dikson boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi.
Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlaridan biri hisoblangan Lester Universitetining O‘zbekiston ta'lim muassasalari bilan O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarini mustahkamlash doirasida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan batafsil suhbat bo‘lib o‘tdi.
Sara Dikson 2017 yil 3 may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan imzolangan JIDU qoshida Lester Xalqaro tadqiqotlar oliy maktabini yaratish haqidagi hamkorlik Memorandumi haqida so‘zlab berdi. Ushbu hujjatda turli sohalarda birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishda, jumladan Lester Universiteti bilan O‘zbekistonning boshqa universitetlari o‘rtasida aloqalarni kengaytirishga tomonlarda qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.
Mavzuga oid
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
11:21 / 13.03.2026
Norfolkdagi universitetda otishma: FTB hujumchini IShID tarafdori deb atadi
15:45 / 11.03.2026
Xorijiy OTMga kirish uchun IELTS’dan necha ball olish kerak?
08:38 / 05.03.2026