Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurollangan Suriya muxolifati Ostonadagi muzokaralarda qatnashadi
Qurollangan Suriya muxolifati vakillari Ostonadagi muzokaralarning oltinchi bosqichida ishtirok etadi. Bu haqda RIA «Novosti» Qozog‘iston TIV rahbari Qayrat Abdrahmanovga asosan xabar qilmoqda.
«Qozog‘iston konsullik muassasasiga qurollangan Suriya muxolifati kirish vizalarini so‘rab, rasman murojaat qildi. Bu esa qurollangan Suriya muxolifati navbatdagi bosqichda faol ishtirok etishini anglatadi», - degan Abdrahmanov.
Bundan tashqari, uning xabar berishicha, Iordaniya muzokaralarda kuzatuvchi sifatida qatnashadi. Mamlakatdan yuqori mansabli diplomatlar ishtirok etadi.
Avvalroq Fransiya TIV rahbari Suriyada Asad bilan tinchlikka erishish mumkin emasligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026