Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada 40 kishi, jumladan 23 bola kimyoviy moddadan zaharlandi
Turkiyaning Siirt viloyatida noma'lum kimyoviy moddadan 40 kishi, jumladan 23 bola zaharlandi. Bu haqda CNN Turk telekanali xabar bermoqda.
Taxmin qilinishicha, voqeaga kimyoviy modda saqlangan idishdan xlor va uglerod oksidi sizib chiqqani sabab bo‘lgan. Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, kimyoviy modda solingan idishni xaroba joyda bolalar topib olib, uni qishloqqa olib kelib ochgan bo‘lishlari mumkin.
“Oqtosh qishlog‘i aholisining idishdan kimyoviy moddaning chiqishi oqibatida ko‘ngil aynash va qayt qilish bo‘yicha shikoyatlaridan keyin shifokorlar va favqulodda vaziyatlar agentligi qutqaruvchilari kelishgan”, deb aytilgan xabarda. Mahalliy hukumat kimyoviy moddaning sizib chiqishi sabablari o‘rganilgungacha qolgan aholini evakuatsiya qilgan.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026