YeI Markaziy Osiyo bilan munosabatlari strategiyasini yangilaydi
Yevropa Ittifoqi (YeI) Markaziy Osiyo bilan munosabatlari strategiyasini yangilash ustida ishlaydi. YeIning mintaqa bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian shunday bayonot bermoqda.
Qozog‘iston TIV xabarida aytilishicha, 12 sentabr kuni Bryusselda "Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha 10 yillik strategiyasi: olg‘a qadam" mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda YeIning MO bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian, Germaniya TIV davlat kotibi Markus Ederer, Yevropa komissiyasi, YeXHT, YeI va MO mamlakatlari, shuningdek, diplomatik korpus vakillari ishtirok etgan.
Vazirlikning yozishicha, "YeI Markaziy Osiyo bilan terrorizmga qarshi kurash, noqonuniy migratsiya va kontrabandaga qarshi harakat, shuningdek, transport, savdo va energetika bo‘yicha o‘zaro aloqani mustahkamlash niyatida".
"YeIning MO uchun strategiyasi uzoq muddatli hamkorlik poydevorini qo‘ydi va YeIning Markaziy Osiyoning besh davlati bilan munosabatlarni sezilarli yaxshilashga imkon berdi. YeI strategiyani amalga oshirish davrida yetarli tajriba to‘pladi va ko‘plab muhim sohalarda sezilarli olg‘a siljishga erishdi. Endilikda, biz mavjud tajriba asosida hujjatni yangilash ustida ishlaymiz", – deya Burian so‘zlaridan iqtibos keltiradi vazirlik matbuot xizmati.
Mavzuga oid
09:50
YeI Eronga raketa va dronlarni RFga topshirgani uchun sanksiyalar kiritdi
20:56 / 14.10.2024
Yevropa Ittifoqi Moldova bo‘yicha sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi
11:50 / 14.10.2024
WP: YeI qurol yetkazib berish o‘rniga Ukraina HSKga sarmoya kiritmoqda
13:50 / 12.10.2024