Jahon | 08:16 / 13.09.2017
9898
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya mudofaa vaziri Bashar Asad bilan muzokaralar o‘tkazdi

Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu Rossiya prezidenti Vladimir Putin topshirig‘i bilan 12 sentabrda Suriya poytaxti Damashqqa ishchi safar uyushtirib, Suriya yetakchisi Bashar Asad bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmatida ma'lum qilindi.  

“Uchrashuv davomida Suriya hukumat qo‘shinlarining Rossiya ko‘magida IShIDni yakson qilishni yakunlash bo‘yicha muvaffaqiyatli harakatlari kontekstida harbiy va harbiy-texnik hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi”, deb ma'lum qilindi xabarda.  

Bundan tashqari, Shoygu va Asad Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish, deeskalatsiya hududlarining ishlashi va aholiga gumanitar yordam berish kabi mavzularga to‘xtab o‘tganlar. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid