Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda gaz quvurlarini noqonuniy sotish rejasi fosh qilindi
Foto: regnum
Milliy xavfsizlik xizmati davlat mulkini o‘marish bilan bog‘liq turli jinoyatlarga qarshi kurashishda davom etmoqda. Bu ayniqsa jinoyatchilarning xatti-harakatlari natijasida aybsiz kishilarning jabrlanayotgan holatlarga tegishli.
Kuni kecha Andijon viloyati MXX boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura qoshidagi Departament ishchilari bilan hamkorlikda davlat mulkini o‘g‘irlaganlik uchun Oltinko‘l tumanida yashovchi 46 yoshli Xotambek Fozilovni qo‘lga olishdi.
"Fozilov fuqaro M.R.ga "Farg‘onatransgaz" korxonasi balansidagi 162 metrli gaz magistralini 2 ming AQSh dollariga sotishni ko‘zlagani aniqlandi. Gaz quvuri "Maslahat" mahallasi hududi bo‘ylab o‘tgan va undan vaqtinchalik maqsadli foydalanilmagan. Operativ chora-tadbirlar natijasida Fozilov pul mablag‘larini qabul qilayotgan vaqtida qo‘lga olingan", - deya ta'kidladi MXX vakili.
Tergov oldi tadbirlari davomida ma'lum bo‘lishicha, Xotambek Fozilov "Vodiygazta'minot" unitar korxonasining Oltinko‘l tuman bo‘limi xodimi 35 yoshli Sanjarbek Shokirov bilan birga o‘z jinoiy maqsadlarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Hamtovoqlar qo‘lga kiritiladigan pul vositalarini o‘z ehtiyojlariga sarflashni rejalashtirishgan.
Bosh prokuratura qoshidagi Soliq, valyuta jinoyatlari va jinoiy daromadlar legalizatsiyasiga qarshi kurashuvchi departament yuqorida nomlari qayd etilgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga muvofiq ish qo‘zg‘atdi, tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
09:26
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
17:00 / 28.04.2026
“Egnidagi formasiga ishonib qolibman” – Andijonda YXHB inspektori odamlarni chuv tushirdi
21:08 / 26.04.2026
Andijonda ikki kishini katta pul evaziga haj ziyoratiga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
22:05 / 12.04.2026