Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament Italiyaga zilziladan keyin 1,2 mlrd yevrolik yordam ajratishni ma'qulladi
Yevroparlament yalpi majlisida Yevropa Ittifoqi birdamlik fondidan 2016 yil-2017 yil boshidagi kuchli zilzilalardan eng ko‘p jabrlangan Italiya hududlariga 1,2 mlrd yevro moliyaviy ko‘mak ajratishni ma'qulladi.
Mablag‘lar zilziladan keyingi tiklash ishlariga, ya'ni vaqtinchalik boshpanalar yaratish, madaniy meros obektlarini himoyalash choralariga yo‘naltiriladi. Gap zilziladan talofat ko‘rgan Abrutstso, Latsio, Marke va Umbriya viloyatlari haqida ketmoqda. O‘shanda bir qator zilzilalar 333 kishining halok bo‘lishiga olib kelgan, 30 ming kishining yordamga muhtoj qilgan.
Bu ajratilayotgan mablag‘ fond tarixidagi eng katta ko‘lamlisidir. Jamg‘arma faoliyati davomida 20 ta davlatga 5 mlrd yevro ajratgan.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026