Jamiyat | 09:32 / 14.09.2017
3921
3 daqiqa o‘qiladi

Konsullik idoralari interfaol xizmatlardan foydalanishni kengaytiradilar

O‘zbekiston Prezidentining 12 sentabrdagi farmoyishiga binoan Tashqi ishlar vazirligining vatandoshlar bilan “to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti” natijalarini amalga oshirish uchun idoralararo ishchi guruhi tuzildi. 

“To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot” 5 iyul kuni vazir, shuningdek, O‘zbekiston barcha xorijiy vakolatxonalari va Tashqi ishlar vazirligining mintaqaviy vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida bo‘lgan o‘tgandi. Ko‘plab murojaatlar vazirlik, diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalariga yuborildi. Masalalar fuqarolik bilan bog‘liq muammolar, yo‘qotilgan hujjatlarni tiklash, qarindoshlar va yaqinlarni qidirish, murakkab hayot sharoitlarida yordam berishga aloqador bo‘lgan.

Fuqarolarni tashvishlantirgan eng dolzarb masalalardan biri – chet elga chiqish uchun ruxsat beruvchi stikerni rasmiylashtirish bo‘yicha 16 avgust kuni Prezident farmoni imzolandi. Unga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvardan boshlab stikerni bekor qilish va xorijga chiqish uchun pasportni joriy qilish belgilab qo‘yildi. 

“To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot” natijalarini o‘rganish fuqarolar tomonidan aytilgan ko‘pgina masalalarni tashqi siyosat idorasi vakolati doirasidagina hal qilish mumkin emasligini ko‘rsatdi. Ularning orasida – O‘zbekistonga qaytib kelish to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirish, eski namunadagi yoki muddati o‘tgan pasportlarni yangisiga almashtirish, fuqarolikdan voz kechish, chet elda istiqomat qilayotgan fuqarolarning mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish va boshqalar bor.

Doimiy ravishda faoliyat yuritadigan idoralararo ishchi guruh faoliyati tegishli vazirlik va idoralar bilan fuqarolarning konsullik va huquqiy masalalar bo‘yicha murojaatlarini har tomonlama o‘rganish, shuningdek, fuqarolarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini tiklash hamda himoya qilishga qaratilgan obektiv va o‘z vaqtida qarorlar qabul qilishga qaratilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid