Erkin konvertatsiya ochilganidan buyon bank shoxobchalarida qancha mablag‘ almashtirilgani ma'lum qilindi

5 sentabrdan O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab erkin konvertatsiya amaliyoti joriy etilib, banklarda valyuta sotilishi yo‘lga qo‘yilganidan buyon tijorat banklarida aholi jami 200 million dollarga yaqin mablag‘ni so‘mga almashtirgan. Shuningdek, o‘tgan vaqt ichida 100 million dollarga yaqin mablag‘ boshqa hamkorlar - yuridik shaxslardan sotib olingan. Bu haqda bugun, 14 sentabr kuni O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani vaqtida Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari Temur Aminjonovich Ishmetov ma'lum qildi.
U bu kutilganidan yaxshiroq natija ekanini qayd etib o‘tgan.
Anjumanda ishtirok etayotgan Kun.uz muxbirining Markaziy bank raisi o‘rinbosariga asoslanib xabar qilishicha, erkin konvertatsiyaga bir yil davomida tayyorgarlik ko‘rilgan, o‘tgan yilning sentabridayoq bu boradagi ishlar boshlangandi.
Ishmetov valyuta almashtirishda hech qanday cheklovlar yo‘qligini, valyuta almashtirishda ma'lum miqdorlar o‘rnatilgani haqidagi gaplar asossiz ekani va naqd pul yetishmovchiligi kuzatilmasligini ta'kidlagan. U shuningdek, erkin konvertatsiya inflyatsiyaga sabab bo‘lmasligi, narxlar ko‘tarilishi konvertatsiya bilan bog‘liq bo‘lmasligini qo‘shimcha qilgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi
Jahon | 00:43
-
Niderlandiya qiroli mamlakatni «tish-tirnog‘igacha qurollantirishga» chaqirdi
Jahon | 00:22
-
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi
Jahon | 23:58 / 24.04.2025
-
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi
Jahon | 23:25 / 24.04.2025
Mavzuga oid

12:24 / 24.04.2025
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

16:34 / 18.04.2025
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi

17:09 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi

16:36 / 29.03.2025