Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Rossiyaga nisbatan siyosati «olov bilan o‘ynashish» deb aytildi
Rossiya Federatsiyalar Kengashi spikeri Valentina Matviyenkoning fikricha, Vashingtonning Moskvaga nisbatan hozirgi siyosati – bu «olov bilan o‘ynashish».
«G‘arb davlatlari tomonidan bizning mamlakatga nisbatan olib borilayotgan dushmanlik kayfiyatidagi siyosat kuchaymoqda. Iqtisodiy sanksiyalar, axborot urushi, xalqaro munosabatlardagi keskinlik, NATOning harbiy faolligi – bularning baridan foydalanilmoqda», - deya ma'lum qildi Matviyenko «Parlamentskaya gazeta»ga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hattoki Karib inqirozi vaqtida ham Vashington hozirgi paytda Rossiyaga nisbatan diplomatik sohada qo‘llayotgan harakatlardan o‘zini tiygan.
«Bu olov bilan o‘ynashish. Gap eng katta raketa-yadro arsenali va eng kuchli qurolli kuchlarga ega davlatlar o‘rtasidagi ixtilof haqida bormoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi siyosatchi.
Shuningdek, Matviyenkoning fikricha, xalqaro hamjamiyat, jumladan Yevropa davlatlarining sust harakatlari kishini hayratga soladi.
Avvalroq BMT bosh kotibi Rossiya va AQSh munosabatlarining yomonlashuvidan butun dunyo aziyat chekishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:38
AQSh Oliy sudi Tramp tomonidan kiritilgan import bojlarini bekor qildi
19:58
OAV Zelenskiy yana uch yillik urushga tayyorlanishni buyurgani haqida yozdi. Kiyev rad etdi
18:37
Tramp Mudofaa vazirligiga NUJ haqidagi hujjatlarni oshkor qilishni buyurdi
15:15