BMT bosh kotibi: Rossiya va AQSh munosabatlarining yomonlashuvidan butun dunyo aziyat chekadi

Foto: AP
Rossiya va AQSh o‘rtasidagi konstruktiv munosabatlar xalqaro barqarorlikning zaruriy negizi hisoblanadi, ularning yomonlashuvidan esa butun dunyo hamjamiyati aziyat chekadi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarda yuzaga kelgan inqirozga izoh berish vaqtida aytib o‘tdi.
“Menga shu narsa ayonki, xalqaro tinchlik va barqarorlikning muhim ustunlari AQSh va Rossiya o‘rtasidagi ijobiy va konstruktiv munosabatlar bo‘lishi kerak. Umid qilamanki, bunday munosabatlar o‘rnatiladi”, deb aytgan Guterrish.
Uning aytishicha, “bu munosabatlar izdan chiqqanda, butun xalqaro hamjamiyat aziyat chekadi va bu ayondir”. Guterrish Moskva va Vashington o‘rtasida fikrlar umumiyligi bo‘lganda dunyoning ko‘plab masalalarini hal qilish osonroq kechishini ta'kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid

22:17 / 24.05.2025
Tramp AQSh endi «demokratiyani kuch bilan o‘rnatmasligi»ga va’da berdi

22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask nega siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani ma’lum bo‘ldi

20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi

16:19 / 24.05.2025