Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko o‘zini tinchlik prezidenti deb e'lon qildi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko «Yalta Yevropa strategiyasi» forumi davomida Ukraina tomoni tinchlikni istashi haqida ma'lum qildi, shuningdek, o‘zini tinchlik prezidenti sifatida e'lon qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks».
«Biz dushmanga hujum qilish g‘oyasini xohlamaymiz, undan nafratlanamiz. Biz shunchaki tajovuzkor tomon, agarda, Minsk kelishuvlarini buzadigan bo‘lsa yoki mening qo‘shinlarimga hujum qilsa, ancha katta narx to‘lashi bilan bog‘liq faktni tasdiqlamoqchimiz. Biz tinchlikni istaymiz hamda men tinchlik prezidentiman», - dedi u.
Shuningdek, Poroshenkoning umid bildirishicha, Ukraina AQShdan faqatgina mudofaa qurol-yarog‘ini olmaydi.
Avvalroq AQSh Ukrainada tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:05 / 25.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga nisbatan «40 kunlik ta’sir operatsiyasi»ni tasdiqlaganini aytdi
21:40 / 24.06.2026
Belarusdagi retranslyatorlar jim bo‘lib qoldi - Zelenskiy
21:16 / 24.06.2026
Rossiya propagandasi Voronejga zarbani e’tiborsiz qoldirdi
20:13 / 24.06.2026