Iqtisodiyot | 11:45 / 15.09.2017
79702
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zmilliybank jismoniy shaxslardan valyuta sotib olishda qulayliklar joriy etdi!

Foto: O‘zmilliybank

O‘zmilliybank xalqaro to‘lov kartasining ishlatilishi va tijorat banklarida jismoniy shaxslardan chet el valyutasini sotib olish to‘g‘risida axborot berdi.

Respublikamizda valyuta bozorini yanada erkinlashtirish hamda mukammal valyuta xizmatlari ko‘rsatilishini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi №5177-sonli farmoni qabul qilingani Vatanimizning jahon hamjamiyati orasidagi o‘rnini yanada mustahkamlash uchun qo‘yilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Mazkur farmonga binoan, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan banklarning valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali chet el valyutalarini milliy valyuta – so‘mga erkin ayirboshlashlari hamda o‘zlarining milliy valyutadagi mablag‘lariga konversion kartalar orqali chet el valyutasini cheklanmagan miqdorda sotib olish mumkinligi ko‘rsatilgan.

Shu munosabat bilan, O‘zmilliybank tomonidan valyuta amaliyotlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishda mijozlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida quyidagi qulayliklarni joriy etmoqda.

Jumladan, bank tomonidan chet el valyutasini sotib olishda:

- AQSh dollari, Yevro, Angliya funt-sterlingi, Yaponiya iyenasi hamda Shveytsariya franki ko‘rinishidagi chet el valyutasidagi pul mablag‘lari bankning valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinmoqda.

Bank tomonidan chet el valyutasini sotishda:

- Chet el valyutasini sotib olish maqsadida ishlatiladigan konversion kartalarni rasmiylashtirish uchun amalga oshiriladigan to‘lov endi bor yo‘g‘i 100 ming so‘mni tashkil qiladi;
Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida, konversion kartani rasmiylashtirish jarayoni yanada tezlashtirildi;
- Chet el valyutasini sotib olish uchun milliy valyutadagi mablag‘ ixtiyoriy ko‘rinishda, jumladan: naqd, bankda saqlanayotgan omonatlar, shuningdek milliy valyutadagi, konversiya qildiruvchi nomiga rasmiylashtirilgan so‘m plastik kartalardagi mablag‘lar ko‘rinishida taqdim qilinishi mumkin;
- Chet el valyutasidagi kartaning kamaytirilmaydigan qoldiq depoziti 70 AQSh dollarini tashkil etadi. Bu mablag‘ karta egasiga tegishli bo‘lib, u chet el banklari tomonidan kartaga ko‘rsatilgan xizmat uchun mablag‘ yechib olinishi oqibatida karta balansining pasayib ketishi natijasida bank-emitent ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararning oldini olish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur mablag‘ qoldig‘i karta yopilayotgan paytda karta egasiga qaytarib beriladi;
- Mijozlarimiz uchun muhim bo‘lgan yangilik: endi Milliy bank filiallari orqali mijozlar o‘zining konversion kartasidan yaqinlarining konversion kartasiga chet el valyutasidagi mablag‘larni o‘tkazishlari mumkin;
- Karta balansida mavjud bo‘lgan mablag‘lardan foydalanganlik uchun bank komissiyalari miqdori 5 foizdan 1 foizga tushirildi;

Bank mijozlari o‘zlarining konversion kartadagi mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hech qanday cheklovlarsiz ishlatishlari mumkin.

Aziz Vatandoshlar hamda bankimiz mijozlari!

Milliy bank bilan birga yorqin kelajak sari intiling!

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid