Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyalik rossiyalik ayolni Turkiyadan chamadonda olib chiqib ketmoqchi bo‘ldi
Gruziyalik erkak Turkiyadan rossiyalik ayolni noqonuniy tarzda olib chiqib ketmoqchi bo‘ldi. Bojxonachilar ayolni chamadon ichida aniqlashgan, deb xabar bermoqda IHA turk axborot agentligi.
Voqea Batumi yaqinidagi Turkiya-Gruziya chegarasidagi “Sarpi” nazorat-o‘tkazish punktida yuz bergan. O‘z ortidan og‘ir va katta chamadonni bazo‘r sudrab ketayotgan 47 yoshli erkak bojxonachilar e'tiborini tortgan va ular chamadonni tekshirishga qaror qilishgan. Aniqlanishicha, chamadon ichida 27 yoshli rossiyalik Angelina Samusenko bo‘lgan.
IHA ma'lumotlariga ko‘ra, rossiyalik ayol Turkiyada yo‘l-transport hodisasi ishi bo‘yicha gumonlanuvchi bo‘lgan. YTH joriy yil may oyida Kemer kurort shahrida yuz bergan. Ayol mast holatda avtomobilda Antalyadagi besh yulduzli mehmonxonalardan birida bog‘bon bo‘lib ishlagan va 6 farzand otasi bo‘lgan keksa yoshli kishini urib ketgan. Sud ayol bir yoshli farzandini tarbiyalayotganini hisobga olib, uni hech qayerga ketmaslik tilxati ostida qo‘yib yuborgan. Avariya vaqtida ayolning farzandi u bilan birga mashinada bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:35
Xorazmda qahvaxonaga bostirib kirgan Cobalt voqeasi: 2 kishi jiddiy jarohatlangani ma’lum bo‘ldi
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026