Nazarboyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Oliy martabali mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Nursulton Nazarboyev Mustaqillik maydonining me'moriy yechimi, chuqur mazmun-mohiyatiga yuqori baho berdi.
Prezidentlar poytaxtdagi Shayx Xovandi Tohur va To‘labiy (Qaldirg‘ochbiy) maqbaralarini ziyorat qildi.
To‘labiy (Qaldirg‘ochbiy) maqbarasi Shayx Xovandi Tohur majmuasidagi ko‘hna qabristonning shimolida joylashgan. Maqbara pishiq g‘ishtdan, chortoq tarhli, qo‘sh qavat gumbazli qilib qurilgan. Manbalarda qayd etilishicha, bu yerga To‘labiy Alibiy o‘g‘li dafn etilgan. Mustaqillik yillarida ushbu maqbara qayta ta'mirlanib, muqaddas qadamjolardan biriga aylantirilgan.
O‘tganlar haqiga Qur'on tilovat qilinib, duo o‘qildi.
Ziyorat yakunida Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqot qilib, mamlakatlar hamkorligida yangi bosqich boshlanganini ta'kidladilar.
Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ko‘p yillar faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohiga tashrif buyurdi.
Nursulton Nazarboyev buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Mavzuga oid
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024